Adres:

742005, Nukus shahri A. Dosnazarov ko`shasi 104

Tel: 222-65-10

Faks: 222-65-46

E-mail: nspi_info@edu.uz


 
 

 
 

Magistratura bo'limi haqida malumot

Davlatimizda Prezidentimiz farmoni bilan ijtimoiy – iqtisodiy sohalarda yo’z berayotgan o’zgarishlar bilan bir qatorda talim sohasida ham katta o’zgarishlar yo’z berdi. Talim tizimidagi o’zgarishlarning natijasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yo’rtlariga qabul komissiyasining 2002 yil 14 iyo’ndagi 2-son bayonnomasiga asoslangan holda Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutida 2002-2003 o’quv yilida magistratura bo’limi tashkil qilindi.
Magistratura bo’limiga fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent B. İbragimov rahbarlik qildi. Shu yili magistratura bo’limiga «Matematika» mutaxassisligi bo’yicha 3 magistrant, «Boshlang’ich talim» mutaxassisligi bo’yicha 2 magistrant, «Qoraqalpoq tili» mutaxassisligi bo’yicha 1 magistrant, jami 6 magistrant qabul qilindi. Magistratura bo’limi ochilgandan so’ng o’qishga qabul qilingan magistrantlar bilan institutning tajribali professor-o’qituvchilari, ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi va ularning magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qildi. Magistratura bo’limiga qabul qilingan magistrantlar o’qishini muvafaqqiyatli tugatib, magistr akademik darajasiga ega bo’ldi. Ular institutdan chiqqan ilk magistr «qaldirg’ochlar» sifatida Respublikamizning talim tarbiya muassasalarida o’zlarining pedagogik faoliyatlarini davom ettirmoqda.
2003-2004 o’quv yilida Magistratura bo’limiga «Matematika», «Boshlang’ich talim», «Qoroqalpoq tili» mutaxassisligi bo’yicha 6 magistrant o’qishga qabul qilindi. Ulardan 1 magistrant «Matematika» mutaxasisligida, 2 magistrant «Boshlang’ich talim» mutaxassisligida, 3 magistrant «Qoraqalpoq tili» mutaxassisligi bo’yicha bilim oldi.
2004-2005 o’quv yilida Nukus Davlat Pedagogika instituti magistratura bo’limiga 12 magistrant o’qishga qabul qilinib, 6 magistrant «Matematika» mutaxassisligida, 3 magistrant «Boshlang’ich talim» mutaxassisligida talim oldi. Magistrantlar institut va Respublika miqiyosida utkazilgan ilmiy-nazariy anjumanlarda faol qatnashdilar. 2005 yilgacha Magistratura bo’limiga 3 mutaxassislik bo’yicha magistrantlar o’qishga qabul qilingan bulsa, 2005-2006 o’quv yilida 13 mutaxassislik bo’yicha yani «Matematika», «Fizika», «Biologiya», «Tarix», «Geografiya», «İnformatika», «Boshlang’ich talim», «Pedagogika», «Psixologiya», «Qoroqalpoq tili», «Qoroqalpoq adabiyoti», «O’zbek tili», «O’zbek adabiyoti», mutaxassisliklari bo’yicha 66 magistrant o’qishga qabul qilindi va ular mutaxassislik kafedralarga bekitildi.
2006-2007 o’quv yilida magistratura bo’limi aloxida bo’lim bo’lib tashkil qilindi. Magistratura bo’limi tashkil etilgan kundan boshlab to hozirgi kungacha magistratura bo’limiga pedagogika fanlari nomzodi dotsent U. Seytjanova rahbarlik qilmoqda.
2006-2007 o’quv yilida magistratura bo’limi «Matematika», «Fizika», «Biologiya», «Tarix», «Geografiya», «İnformatika», «Boshlang’ich talim», «Pedagogika», «Psixologiya», «Qoroqalpoq tili», «Qoroqalpoq adabiyoti», «O’zbek tili», «Rus tili» mutaxassisliklari bo’yicha 88 magistrant o’qishga qabul qilindi. Magistratura bo’limida magistrantlarga talim tarbiya berish zamon talablariga mos kadrlar tayyorlashda keng qamrovli ishlar olib borildi. Magistrantlarga bepul İnternet tarmog’i, elektron kutubxonadon, axborot resurs markazidan kerakli adabiyotlardan foydalanishga, ularning ilm bilan shug’illanishiga keng sharoitlar yaratildi.
Kafedralar tomonidan yo’qori darajali kadrlar tayyorlash ishlariga katta etibor berildi. Magistrantlarga tajribali professor-o’qituvchilar dars berdi. Ulardan 15 ilm doktori, professorlar, 54 ilm fan kandidatlari xizmat kursatdi. Shuningdek, magistrantlarga Respublikamizning eng obruli ukuv urinlaridan, ilmiy-tadkikot institutlaridan akademik xamda fan doktorlari kelip maruzalar ukidi.
2006 yil Termez Davlat Universitetida «Janubiy Uzbekistonda geografiya maktabining shakllanishi va rivojlanishi» ilmiy-amaliy anjumaniga magistrant K.Ernazarov maruzasi-bayonati bilan ishtirok etib kaytdi va mukofotlandi. Magistratura bo’limi tashkil etilgan kundan boshlab ilmiy-tadkikot ishlariga aloxida etibor karatildi, magistrantlarning ilmiy ish bilan shug’ullanishi uchun kafedralar, magistratura bo’limi tamonidan sharoitlar yaratib berildi. Ular ilmiy ishlarining yakuni buyicha ilmiy nazariy anjumanlarda maruzalar o’qidi, gazeta va jurnallarda ilmiy tuplamlarda maqolalar elon qilindi. Magistratura bo’limida talimning sifatini yanada oshirish Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, professor-o’qituvchilarning pedagogik maxoratini oshirish maqsadida ochiq darslar tashkil etildi. Ochiq darslarga professor-o’qituvchilar, aspirantlar va magistrantlar ishtirok etdi.
Magistratura bo’limini bitirgan magistrantlar Respublikamiz maktablarida, akademik litsey kollejlarda, Respublika o’qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida, universitet va pedagogika institutida muvoffaqiyatli faoliyat yo’ritib, ilmiy ishlar bilan shug’ullanib kelmoqda.
2007-2008 ukuv yilida magistratura bo’limi pedagogika mutaxassisligining 2 kurs magistranti Amangul Turdimuratova «Prezident stependiyasi» g’olibi bo’ldi. Magistrantlar ilm-fan sohasidagi kabi, sport sohasida ham magistrantlar katta muvoffaqiyatlarga erishdi. «Boshlang’iich talim» mutaxassisligining 2-kurs magistranti Yuldasheva Maxsuda va «Tarix» mutaxassisligining 2-kurs magistranti Esbolg’anova Gulziyra institutning voleybol buyicha qizlar terma jamoasida bo’lib 2007 yil Tashkent shahrida o’tkazilgan Universiada O’zbekiston chempionligini qo’lga kiritdilar va Respublikamiz iftixori bo’lishdi. 2006 yil 18-19 yanvar kunlari institutda «Russkiy yazık v nauchno-issledovatelskoy i uchebno-vospitatelnoy rabote v vuzax, ssuzax i shkolax» nomli Respublika miqyosida birinchi ilmiy-nazariy anjuman bo’lib o’tdi. Ushbu konferentsiyaga iqtidodli magistrantlar Sh. Utegenova, Sh. Madaminova, Yu. Madreymova, G. Tulepova, B. Jumatov. R. İbragimovalar o’zlarining maruzalari bilan faol ishtirok etdi va munosib urinlarni egalladilar.
2007yil 24-26 yanvar kunlari institutda «İjtimoiy himoya» yiliga bag’ishlanib «İlmning dolzarb masalalari» deb nomlangan magistrantlarning birinchi ilmiy-amaliy anjumoni bo’lib o’tdi. Bu anjumanga magistrantlar va ularning ilmiy rahbarlari dolzarb masalalarga bag’ishlangan maruzalari bilan faol ishtirok etdilar. Anjuman tezislari to’plam bo’lib nashrdan chiqdi.
2008 yil 23-25 aprel kunlari «Yoshlar» yiliga bag’ishlanib institutda «İlmning dolzarb masalalari» deb nomlangan magistrantlarning ikkinchi ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Magistrantlar ilmning eng dolzarb muammolariga bag’ishlangan maruzalari bilan ishtirok etdilar, eng yaxshi maruzachilar qayd etildi va mukofotlanishga sazovor bo’ldi. Anjuman tezislari xajmli to’plam bo’lib nashirdan chiqdi. Bu magistrantlarning ilmga bo’lgan qiziquvchangligini yanada oshirdi, ularni ruhlantirdi.
2006-2007, 2007-2008 o’quv yillarida magistratura bo’limini tugatgan magistrantlardan 25 dan ortig’i institutda o’qituvchi etib ishga olindi. Ko’pgina magistrantlar o’zlarining magistrlik dissertatsiya ishlarini davom ettirib Toshkent shahrida QDU, NDPİ aspiranturasida o’qib o’zlaring ilmiy ishlarini davom ettirib kelyapti. 2007 yil Prezident stipendiyasi g’olibi bo’lgan Amangul Turdımuratova hozirgi vaqtda Toshkent Milliy universiteti aspiranturasining 2 kursida talim olyapti va ilmiy ishlarini yakunlash arafasida turibdi.
2008-2009 o’quv yilida institutda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi» yiliga bag’ishlangan magistrantlarning ilmiy-nazariy anjumani o’tkazildi va anjuman materiallari katta to’plam bo’lib nashr etildi.
İlmiy-pedagogik amliyot va ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish bo’yicha mutaxassislik kafedralar tomonidan dasturlar ishlab chiqilgan va bu amaliyotlarni o’tkazadigan oliy o’quv o’rinlari (kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan shartnomalar tuzilgan.
2008-2009, 2009-2010 o’quv yillarida magistratura bo’limini tugatgan magistrantlardan 25 dan ortig’i institutga o’qituvchi bo’lib ishga qoldirildi. Ulardan 2 magistrant O’zbekiston pedagogik ilmiy-tadqiqot institutiga, 3 magistrant NDPİ aspiranturasiga o’qishga qabul qilindi.
Hozirgi kunda magistratura bo’limida 13 mutaxassislik buyicha magistrantlar talim olib, ularga jami 16 kafedradan 18 fan doktori, professorlar va 55 dan ziyod fan nomzodlari, dotsentlar ilm-bilim sirlarini o’rgatib, ularning magistrlik dissertatsiya ishlariga rahbarlik qilmoqda.
2008-2009 o’quv yilida Janubiy Koreyadan kelgan magistrant Re Yung Min qoraqalpoq tili mutaxassisligi bo’yicha magistraturani muvaffaqiyatli tugatdi. Bu magistrant o’zining ilmiy rahbari filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Pirniyazova bilan birga ishlashib «Qoraqalpoq va koreys tillaridagi ko’makchi fellarni qiyosiy tadqiq qilish» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini yo’qori darajada himoya qildi.
Kelajakda magistrlik dissertatsiya mavzusini nomzojlik dissertatsiya ishida davom etish uchun hozirgi vaqtda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali Najim Dauqaraev nomidagi til va adabiyot institutining qoraqalpoq tili mutaxassisligi bo’yicha aspiranturada o’qiyapti va ilmiy ishi bo’yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, magistratura bo’limida Xorazm, Buxoro, Kashkadaryo viloyatlaridan kelgan magistrantlar ham talim olmoqda.
Tarix mutaxassisligi magistranlarga tarix fanlari nomzodi, dotsent O’zbekiston Qahramoni G’.Xo’janiyazov dars beradi va arxeologik tadqiqot sirlarini o’rgatib ularning ilmiy ishlariga rahbarlik qiladi. İqtidorli magistrantlarga asosiy darslardan tashqari chet tili, informatika fanlari bo’yicha qo’shimcha shug’ullanishga imkoniyatlar yaratilgan. O’quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llanish jadal amalga oshirilmoqda İnternetda Nukus davlat pedagogika institutining rasmiy sayti joylashtirilgan, Ushbu saytda magistratura bo’limi haqida malumot berilgan. Magistrantlar institutimizning axborot resurs markazidagi adabiyotlardan, elektron kutubxonadan shuningdek, internet tarmog’idan bepul foydalanish huquqiga ega. İnstitutning elektron kutubxonasida magistraturada o’tiladigan har bir fan bo’yicha maruza matnlari va boshqada o’quv-metodik adabiyotlaring elektron versiyalari bor. Magistratura bo’limi xozirgi vaqtda O’zbekston Respublikasining Davlat jahon tillari, Samarqand davlat, O’zbekiston Milliy, Qoraqalpoq Davlat universitetlari, Buxoro, Qo’qon, Samarqand Davlat pedagogika institutlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qoraqalpog’iston filiali bilan uzviy aloqada faoliyat yo’ritib kelmoqda. Magistrantlar bilan «Manaviyat kun»lari xalqimizning mashxur fan arboblari, olimlari, rahbarlari shoirlari mexnat va o’rush qatnashchilari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Magistratura bo’limida talim-tarbiyaning sifatini oshirish, ilmiy-pedogogik kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini yanada yaxshilash uchun chora- tadbirlar ishlab chiqilgan.